Avval xabar qilinganidek, mamlakatimizda voleybol boʻyicha 19 yoshgacha boʻlgan yigitlar oʻrtasidagi Jahon chempionati ilk bor oʻtkazilmoqda. Mazkur nufuzli musobaqada 24 ta davlatdan 288 nafar yosh voleybolchi qatnashmoqda.
Chempionat doirasida bahslarni adolatli va yuqori saviyada tashkil etish maqsadida 56 nafar xalqaro va 50 nafar mahalliy hakamlar, shuningdek, 80 nafar texnik mutaxassis jalb etilgan. Musobaqada ishtirok etuvchi jamoalar 4 guruhga boʻlingan holda chempionlik uchun kurash olib borishmoqda.
Kecha Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi ushbu uchrashuvda Turkiya jamoasi ustidan 3:0 hisobida ishonchli gʻalabaga erishdi.
Yurtdoshlarimizning mazkur gʻalabasi, ularning yuqori sport mahoratini namoyon etdi. Bugun 17:00da Oʻzbekiston va Pokiston oʻrtasida oʻyin boʻlib oʻtadi. Vatandoshlarimizga omad tilab qolamiz.
