Oʻzbekiston Respublikasi IIV tashabbusi asosida “Jar” sport-sogʻlomlashtirish majmuasida “Nurli maskan” ixtisoslashtirilgan maktab-internatlari oʻquvchilari oʻrtasida “Matonat” sport musobaqalari va kitobxonlik bellashuvlari boʻlib oʻtmoqda.

Musobaqada yurtimizning turli hududlaridan kelgan 102 nafar maktab-internati oʻquvchilari shaxmat, shashka, yugurish, uzunlikka sakrash, kurash boʻyicha sport musobaqalari va “Bahru bayt”, “Yosh kitobxon”, “Tez aytish” shartlari asosida kitobxonlik bellashuvlarida ishtirok etishmoqda. Ularning harakatini, intilishini kuzatib, koʻrish qobiliyati cheklangan boʻlsada qalb koʻzi ochik bu insonlardan koʻp narsa oʻrganish mumkinligini his qilasin kishi. Zero ularning har biri kuni jasoratga teng.