Poytaxt Ichki ishlar bosh boshqarmasi miqyosida “Kasbiy tayyorgarlik” oyligi doirasida jangovar tayyorgarlik mashgʻulotlari va sport turlari boʻyicha musobaqalar oʻtkazilmoqda.

Xususan, Toshkent shahar IIBB va tuman boʻlinmalari shaxsiy tarkibi orasida futbol boʻyicha musobaqasi oʻtkazilganligi fikrimizning yorqin dalilidir.

Shuningdek, ichki ishlar organlari xodimlari Belgorod (Serbiya)da boʻlib oʻtgan boks boʻyicha xalqaro chempionat, Tojikiston Respublikasida dzyudo boʻyicha Prezident kubogi, Qozon shahrida dzyudo va Moskvada qoʻl jangi boʻyicha xalqaro kubok musobaqalarida ishtirok etib, sovrinli oʻrinlarni egalladi.

Bundan tashqari, jangovar tayyorgarlik, quroldan oʻq uzish boʻyicha mashgʻulotlar oʻtkazilishi, psixologik tayyorgarlik boʻyicha oʻquv seminarlari tashkil etilishi rejalashtirilgan boʻlib, bularning barchasi xodimlarning jismonan sogʻlom boʻlishida ayni muddao boʻladi.

Sarvar SOBIROV,

“Postda” muxbiri.