Ruminiya futbol federatsiyasi uysiz hayvonlarga yangi egalarini topishga yordam berishning ajoyib yoʻlini oʻylab topdi. Yil davomida Ruminiyaning 1-ligasida oʻtkaziladigan har bir oʻyinga futbolchilar qoʻllarida boshpanasiz qolgan itlar bilan uchrashuvning ochilish marosimiga kirishdi. Bu harakat bilan ular uysiz jonivorlarni qoʻllab-quvvatlashlarini koʻrsatishdi.
Bu qaror futbol muxlislarining boshpanalardan hayvonlarni uylariga olib ketishga undash uchun qabul qilingan.
Bunday xayrli ishlar anchadan beri mavjud. Masalan, ilgari chililik futbolchilar minglab uysiz itlarga ega topishga yordam berishgan. Bir necha yillardan buyon chililiklar daydi hayvonlar muammosi bilan kurashmoqda. Boshpanalar va yordam fondlari doimo qoʻllab-quvvatlashga muhtoj. Kolo-Kolo klubi futbolchilari ulardan biriga yordam berishga qaror qilishdi.
Anʼanaga koʻra, oʻyinlar yosh bolalar bilan ochiladi, lekin bundan soʻng oʻyinchilar daydi itlar bilan maydonga chiqishadi. Ularning harakati tufayli, bir kunda 1000 dan ortiq odam boshpanalarga murojaat qilib, ulardagi it va mushuklarni oʻz uylariga olib ketishgan.
