Buxoro viloyati IIB TVBSO xodimlari xalqimizning tinchlik-osoyishtaligini saqlash va qonun ustuvorligini taʼminlash barobarida, sportda erishgan yutuqlari ham tahsinga loyiq. Yaqinda Qozon shahrida boʻlib oʻtgan sambo boʻyicha xalqaro musobaqada uch nafar xodim ishtirok etib, ikki nafari faxrli oʻrinlarni olib qaytishdi.
Kichik serjant Ubaydullo Moʻminov 71 kg vazn toifasida “BRICS” oʻyinlari boʻyicha birinchi oʻrinni oldi va oltin medalni qoʻlga kiritdi. Katta serjant Nurbek Toʻrayev esa +100 kg vazn toifasida ikkinchi oʻrin hamda kumush medalga loyiq koʻrildi.
Har ikkalasi 2024-yil 27-iyun1-iyul kunlari Xitoy davlatining Makao shahrida boʻlib oʻtadigan Osiyo va Okeaniya chempionatlarida qatnashish uchun yoʻllanmani qoʻlga kiritishdi. Ishonamizki, ular bu musobaqada ham Vatanimiz bayrogʻini yana bir karra baland koʻtarishadi.
Alisher NAZAROV,
mayor.
Buxoro viloyati.
