Jizzax viloyati IIB boshligʻining kubogi uchun sohaviy xizmatlar, hududiy ichki ishlar boʻlimlari hamda IIV Jizzax akademik liseyi jamoalari oʻrtasida mini futbol boʻyicha musobaqa oʻtkazildi. 3 kun davom etgan bellashuvlarda 24 ta jamoa kuch sinashdi.
Musobaqa yakunida viloyat Tezkor vazifalarni bajaruvchi safarbar otryadi jamoasi 1-, viloyat IIB jamoasi 2-, Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi vakillari esa 3-oʻrinni egalladilar. Ushbu turnir Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 30 oktyabrdagi “Sogʻlom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoni hamda viloyat ichki ishlar boshqarmasi kasbiy tayyorgarlik boʻlimining rejasi asosida tashkil etildi.
Alijon ABDUSATTOROV,
“Rostda” muxbiri.
Jizzax viloyati.
