Oʻzbekiston Respublikasi mudofaaga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti va viloyat Ichki ishlar boshqarmasi hamkorligida Ichki ishlar organlari xodimlari kuniga bagʻishlab viloyat ichki ishlar organlari xodimlari oʻrtasida havoli quroldan oʻq otish sport turi boʻyicha musobaqa tashkillashtirildi. Ushbu musoba Vatanparvarlik tashkiloti Buxoro viloyati texnika va amaliy sport turlari markaziga qarashli oʻq otish tirida oʻtkazildi. Qizgʻin va murosasiz kechgan bellashuv kuchlilarni saraladi.
Musobaqaning yakuniy natijasiga koʻra, birinchi oʻrin Shofirkon tumani IIB jamoasiga nasib etdi. Keyingi oʻrinlarni esa Kogon tumani IIB jamoasi va viloyat IIB Transportda XTB jamoalari egalladi.
Faxrli oʻrinlarni egallagan sportchilar va jamoalar medal, diplom hamda qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlandi.
M. AHADOV,
“Postda” muxbiri. Buxoro viloyati.
