Qarshi olimpiya va paralimpiya maktabi sport saroyida IIV “Dinamo” jismoniy tarbiya-sport jamiyati Qashqadaryo viloyati kengashining taqvimiy rejasiga binoan huquqni muhofaza qiluvchi organlar shaxsiy tarkibi oʻrtasida voleybol musobaqasi boʻlib oʻtdi. 

Musobaqa qizgʻin va murosasiz bahslarga boy tarzda oʻtdi. Yakunda esa birinchi oʻrinni DXX viloyat boshqarmasi jamoasi qoʻlga kiritdi. Keyingi sovrinli oʻrinlarni viloyat Ichki ishlar boshqarmasi va IIV XAXT qoʻshinlari 7256-sonli harbiy qismi voleybolchilari band etdi. 

Gʻoliblar IIV “Dinamo” jismoniy tarbiya-sport jamiyati viloyat kengashining diplom va qimmatbaho sovgʻalari bilan taqdirlandi.

Sodiq RAHIMOV,

oʻz muxbirimiz.

Qashqadaryo viloyati.