Namangan viloyati Norin tumani 3-sektor hududidagi 17 ta mahallaning uyushmagan yoshlari oʻrtasida futbol boʻyicha "IIB boshligʻi kubogi" musobaqasining Navroʻz bayramida tashkillanishi qalblarga bahoriy kayfiyat ulashdi.
Musobaqalarda 1-oʻrinni Qorateri, 2-oʻrinni Xoʻjaqoʻrgʻoncha, 3-oʻrinni Margʻizor mahalla yoshlari qoʻlga kiritdilar.
Yakunda oʻyinchilar orasidan "Eng yaxshi xujumchi", "Eng yaxshi himoyachi", "Eng yaxshi darvozabon", "Eng yosh oʻyinchi" nominasiyalari boʻyicha gʻoliblar aniqlandi.
Musobaqa soʻngida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan sportchi yoshlar 3-sektor rahbari, tuman IIB boshligʻi, podpolkovnik U. Abduvaliev tomonidan qimmatbaho esdalik sovgʻalar bilan taqdirlandi.
Gulchehra BUVAMIRZAEVA,
«Postda» muxbiri.
Namangan viloyati.
