Sirdaryo viloyati huquqni muhofaza qiluvchi organlari xodimlari oʻrtasida sportning minifutbol turi boʻyicha musobaqa boʻlib oʻtdi.
Unda DXX, Milliy gvardiya hamda ichki ishlar organlarining sportsevar xodimlari oʻzaro bellashishdi.
Keskin va murosasiz oʻtgan bellashuvlarda viloyat IIB jamoasi mutlaq gʻolib boʻldi.
Gʻolib va sovrindorlar esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.
Abdurahmon MUSTAFOQULOV,
oʻz muxbirimiz.
Sirdaryo viloyati.
