Qarshi shahridagi suv sporti saroyida suzish musobaqasi boʻlib oʻtdi. Unda viloyat IIB tarkibiy boʻlimlari va sohaviy xizmatlari hamda shahar-tuman ichki ishlar boʻlimlari xodimlari ishtirok etdi.
Ikki bosqichli musobaqada ishtirokchilar bor mahoratlarini ishga solib gʻoliblik uchun kurashdilar. Jumladan, 50 metrga suzish bahsida viloyat IIB JXX patrul-post xizmati batalʼoni otryad komandiri, mayor Durbek Nurmatov zafar quchdi. Keyingi oʻrinlarni esa boshqarma TVBSO katta mutaxassisi, katta serjant F.Fayzullayev, Qarshi tumani IIB HPB voyaga yetmaganlar masalalari boʻyicha inspektor-psixologi, leytenant F.Jabborov egalladi.
Soʻngra 50 metrga suzish musobaqasiga start berildi. Qizgʻin va murosasiz bahslar yakunida boshqarma TVBSO komandirining oʻrinbosari, kapitan L.Botirov barchadan epchil va chaqqonligini namoyish etib, marraga birinchi boʻlib yetib keldi. Nishon tumani IIB HPB profilaktika inspektori, leytenant M.Jumaev va viloyat IIB JXX patrul-post xizmati bataloni 1-otryad safdor xodimi, safdor S.Toʻlayev keyingi oʻrinlarni band etdi.
Umumjamoa hisobida viloyat IIB TVBSO jamoasi gʻoliblikni qoʻlga kiritdi.
Gʻoliblar medal va qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlandi.
Oʻz muxbirimiz.
Qashqadaryo viloyati.
