Sportning turli yoʻnalishlarida yurtimiz yoshlari erishayotgan yutuqlar haqidagi xushxabarlarni deyarli har kuni eshityapmiz. Bu kelajagimiz egalariga qaratilayotgan katta eʼtiborning, yaratilayotgan shart-sharoitlarning mevasidir.
Yaqinda poytaxtimizdagi «Yunusobod» sport majmuasida dzyudo boʻyicha «Katta dubulgʻa» turniri boʻlib oʻtdi. Unda dunyoning ellikka yaqin mamlakatidan tajribali sportchilar qatnashdi. Hamyurtlarimiz mazkur turnirda
3 ta oltin, 1 ta kumush va 8 ta bronza medalni qoʻlga kiritib, umumjamoa hisobida ikkinchi oʻrinni egalladilar. Quvonarlisi, gʻoliblar safida IIV huzuridagi JIED THO xodimi, safdor Murodjon Yoʻldoshev ham bor. U 73 kg vazn toifasida barcha raqiblaridan ustunligini namoyish qilib, oltin medal sohibiga aylandi. Shuningdek, sportchimiz «Parij–2024» Olimpiadasi yoʻlidagi qimmatli 1000 reyting ochkosini ham qoʻlga kiritdi. Hamkasbimizni bu gʻalaba bilan muborakbod etib, kelgusida ham ulkan zafarlar quchishini tilaymiz.
Oʻz muxbirimiz.
