Jizzax viloyatining Zafarobod tumanida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida voleybol musobaqalari boʻlib oʻtdi. Oʻgʻil bolalar va qizlar oʻrtasida kechgan bahslar gʻoliblari tuman IIB rahbariyati tomonidan ragʻbatlantirildi. Chunonchi, yosh sportchilarga diplom va esdalik sovgʻalari topshirildi.
Alijon ABDUSATTOROV,
oʻz muxbirimiz.
