Fargʻona viloyatining Toshloq tumani IIB shaxsiy tarkibi ishtirokida “Situasion amaliy oʻquv mashgʻulotlari” va sportning qoʻl jangi turi boʻyicha boʻlim boshligʻining yopiq turniri oʻtkazildi.
Situasion amaliy oʻquv mashgʻulotida Toshloq tumani IIB tergov-tezkor guruhiga jalb etilgan xodimlarning belgilangan xizmat vazifalarini sifatli va tezkorlik bilan bajarishi, xizmatga shayligi va ziddiyatli vaziyatlardagi hatti-harakati hamda maxsus texnik vositalardan foydalanishi sinovdan oʻtkazildi.
Shuningdek, xodimlar oʻrtasida qoʻl jangi boʻyicha oʻtkazilgan musobaqa ham qizgʻin bahslarga boy boʻldi. Musobaqa yakunida gʻoliblar munosib taqdirlandi.
Tarbiyaviy-profilaktik oylik doirasida oʻtkazilgan bunday tadbirlar xodimlar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish, jismoniy imkoniyatlarini oshirish bilan bir qatorda, ularning qalbida kasbga sadoqat hamda vatanparvarlik tuygʻularini yuksaltirishga xizmat qildi.
Abduvosit SIDIQOV,
“Postda” muxbiri.
Fargʻona viloyati.
