IIV Qorovul qoʻshinlariga qarashli 7536-harbiy qismda “Otam, onam va men – sportchilar oilasi” shiori ostida harbiy xizmatchilar va ularning oila aʼzolari oʻrtasida musobaqa oʻtkazildi. Musobaqa zoʻr koʻtarinki ruhda oʻtdi.

        Qizgʻin va murosasiz kechgan bellashuvlar yakuniga koʻra, oʻzining chaqqonligi hamda epchilligi bilan boshqalardan yaqqol ajralib turgan kapitan Normurodovlar oilasi gʻolib deb topildi. Musobaqada faol ishtirok etgan qatnashchilar harbiy qism komandiri tomonidan munosib tarzda ragʻbatlantirildi.

Jaloliddin SHERXONOV,

mayor.

Buxoro viloyati.