Navoiy viloyatida 2010 - 2013-yillarda tugʻilgan oʻsmirlar oʻrtasida sportning boks turi boʻyicha viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi kubogi musobaqasi oʻtkazildi. Musobaqada viloyatning barcha shaharu tumanlari hamda qoʻshni Samarqand viloyatidan kelgan 120 nafar sportchi oʻsmirlar 12 vazn toifasida oʻzaro bellashdilar.
Qizgʻin va murosasiz kechgan bahslarni respublika toifasidagi hakamlar baholab borishdi. Musobaqaning yakuniy natijalariga koʻra, faxrli 3-oʻrin viloyat yakka kurash turlariga ixtisoslashtirilgan bolalar va oʻsmirlar sport maktabi, 2-oʻrin Xatirchi tumani oʻsmirlar jamoalariga nasib etdi. Gʻoliblikni esa Karmana tumani vakillari qoʻlga kiritdi. Gʻolib va sovrindorlarga Navoiy viloyati “Dinamo” jismoniy tarbiya va sport jamiyati kengashining diplom, medalʼ hamda esdalik sovgʻalari topshirildi.
Mahliyo XOLOVA,
oʻz muxbirimiz.
Navoiy viloyati.
