Yaqinda Turkiyaning Antaliya shahrida sportning universal jang turi boʻyicha jahon chempionati oʻtkazildi. Unda IIV Qorovul qoʻshinlarining bir necha sportchi harbiy xizmatchilari ham munosib ishtirok etishdi. 

Jumladan, 7532-harbiy qism maxsus vazifalarni bajaruvchi safarbarlik vzvodi katta mutaxassis-oʻqchisi, oddiy askar Sanjar Bahromov 70 kg vazn toifasida, 7535-harbiy qism maxsus vazifalarni bajaruvchi safarbarlik vzvodi katta mutaxassis-radiotelefonisti, oddiy askar Bobir Rahmatov esa 85 kg vazn toifasida faxrli 1-oʻrinni egallab, oltin medalʼ hamda 1-darajali sertifikat bilan taqdirlanishdi. 7534-harbiy qism maxsus vazifalarni bajaruvchi safarbarlik vzvodi 2-guruh komandiri, kapitan Jamol Amonov esa oʻz vazn toifasida 3-oʻrin sohibi boʻldi. Unga bronza medalʼ hamda 3-darajali sertifikat topshirildi. 

Yana bir xushxabar. Toshkent shahar hokimi kubogi uchun “Toshkent yoshlarni sevadi!” shiori ostida 18 yoshdan 30 yoshgacha boʻlgan harbiylar xizmatchilar oʻrtasida oʻtkazilgan musobaqada ham vakillarimizga omad kulib boqdi. Sportning estafeta, basketbol hamda 200 metrga suzish turlari boʻyicha IIV Qorovul qoʻshinlari harbiy xizmatchilari faxrli uchinchi oʻrinni egallashdi. Barcha gʻolib va sovrindorlarni erishgan muvaffaqiyatlari bilan qizgʻin muborakbrd etamiz. 

Ilhom EGAMBERDIEV,

serjant.

Muallif olgan suratlar.