Jismoniy va jangovar tayyorgarlik oyligi munosabati bilan Fargʻona viloyat ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan xodimlar oʻrtasida shaxmat boʻyicha “Boshqarma boshligʻi kubogi” musobaqasi tashkil etildi.
Shu kuni osoyishtalik posbonlari aql jangida oʻz mahoratini sinovdan oʻtkazib, gʻoliblik uchun bahs olib bordi.
Musobaqa yakunida viloyat IIB huzuridagi tergov boshqarmasi tergov va surishtiruv faoliyatini tashkil etish boʻlimi oʻta muhim ishlar boʻyicha tergovchisi, podpolkovnik Jahongir Ergashev mutloq gʻolib boʻldi.
Ikkinchi oʻrin esa Margʻilon shahar IIB profilaktika inspektori, leytenant Xursanali Qodirovga nasib etdi.
Bagʻdod tumani IIB profilaktika inspektori, katta leytenant Ozodbek Ismoilov uchinchi oʻrinni qoʻlga kiritdi.
Musobaqa gʻoliblari medal, diplom va qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlandi.
Abduvosit SIDIQOV,
oʻz muxbirimiz.
Fargʻona viloyati.
