Shu yilning 22-23 noyabr kunlari Margʻilon shahrida huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari oʻrtasida sportning qoʻl jangi turi boʻyicha «Dinamo» JTSJ birinchiligi musobaqalari oʻtkazildi.
Mazkur bellashuvlarda “Fargʻona” xalqaro aeroportida xavfsizlikni taʼminlash bataloni harbiy hizmatchilari ham faol ishtirok etib, yuqori oʻrinlarni egalladilar.
Jumladan, shartnoma asosidagi harbiy xizmatchi, oddiy askar Qahramon Vahobov 62 kilogramm vazn toifasida, muddatli harbiy xizmatchi, oddiy askar Hasanjon Isaqjonov 88 kilogramm vazn toifasida uchinchi oʻrinni qoʻlga kiritdi.
Batalon rahbariyati harbiy xizmatchilarning musobaqadagi faol ishtiroki va erishgan natijalarini eʼtirof etib, ularga maxsus diplom va qimmatbaho esdali sovgʻalarini topshirdi.
Abduvosit SIDIQOV,
“Postda” muxbiri.
Fargʻona viloyati.
