Joriy yilning 17-25-noyabr kunlari Samarqand shahrida sportning armrestling turi boʻyicha “Osiyo kubogi” musobaqasi boʻlib oʻtdi. Mazkur nufuzli musobaqada Osiyoning eng kuchli sportchilari gʻoliblik uchun bahs olib borishdi. Ushbu musobaqada IIV Xalqaro aeroportlarda xavfsizlikni taʼminlash qoʻshinlariga qarashli 7251-harbiy qism kontrakt boʻyicha harbiy xizmatchisi, oddiy askar Riyan Amirxanov ham +110 kg vazn toifasida munosib ishtirok etdi. U davlatimiz, IIV va qoʻshin sharafini munosib himoya qilib, oʻz vazn toifasida faxrli uchinchi oʻrinini egalladi va bronza medali va qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlandi.

Shu bilan birga, R.Amirxanovning gʻalabasi qoʻshin qoʻmondonligida ham munosib eʼtirof etilib, u televizor bilan taqdirlandi.

Oʻktam Musurmonqulov,

podpolkovnik.