Rossiya Federatsiyasining Ufa shahrida boʻlib oʻtgan sportning sambo turi boʻyicha Gran-pri turnirida Buxoro viloyati IIB xodimlari ham faol ishtirok etishdi. Yaʼni 1 ta oltin va 1 ta bronza medalini qoʻlga kiritishdi. Jumladan, jangovar sambo yoʻnalishida 71 kg vazn toifasida Sharif Qoʻshayev oltin medalni qoʻlga kiritgan boʻlsa, sambo yoʻnalishida +98 kg vazn toifasida Nurbek Toʻrayev bronza medaliga sazovor boʻldi.

         

A.NAZAROV,

mayor.

Buxoro viloyati.