Toshkent shahrida sportning taekvando ITF turi boʻyicha boʻlib oʻtgan Markaziy Osiyo chempionatida Jizzax viloyati Doʻstlik tumani IIB JXX HPB xotin-qizlar masalalari masalalari boʻyicha katta inspektori, leytenant Sarvinoz Abdullayeva 72 kilogramm vazn toifasida birinchi oʻrinni egalladi. Bu natijaga u 2 nafar qozogʻistonlik hamda 1 nafar yurtdoshimiz ustidan gʻalaba qozonish orqali erishdi.
Alijon ABDUSATTOROV,
“Postda” muxbiri.
Jizzax viloyati.
