Joriy yilning 24-26-mart kunlari Rossiya Federatsiyasining Moskva shahrida sportning jangovar sambo turi boʻyicha “Sambo asoschilari kubogi” chempionati oʻtkazildi.

Ushbu nufuzli musobaqada Fargʻona viloyati IIB Tezkor vazifalarni bajaruvchi safarbar otryadi katta mutaxassis-oʻqchi-sanitari, serjant Lutfilla Saydamatov 64 kg vazn toifasida munosib ishtirok etdi. Mahoratli sportchi 3-oʻrinni egallab, bronza medalini qoʻlga kiritdi.

Ushbu musobaqada oʻzbekistonlik sportchilar 1 ta oltin, 2 ta kumush va 4 ta bronza medallarini qoʻlga kiritdilar.

Abduvosit SIDIQOV,

“Postda” muxbiri.

Fargʻona viloyati.