Sportni rivojlantirish vazirligi tashabbusi bilan Andijon shahrida sportning “Usmanov kombat sistems” turi boʻyicha jahon kubogi boʻlib oʻtdi.
Musobaqada dunyoning 30 ga yaqin davlati vakillari ishtirok etdi.
Mazkur bahslarda Qashqadaryo viloyati IIB TVBSO xodimlari ham muvaffaqiyatli qatnashib, gʻoliblar safidan oʻrin oldi. Xususan, viloyat IIB TVBSO katta mutaxassis pulemyotchisi, serjant Jahongir Mansurov (100 kg vazn toifasida) nokdaun, katta mutaxassis grantomyotchisi, katta serjant Anzor Qoʻziyev (-100 kg vazn toifasida) greppling yoʻnalishlarida gʻolib chiqdi.
Oʻz muxbirimiz
