Nozima Umarova 1992-yilda Namangan viloyati Toʻraqoʻrgʻon tumanida tugʻilgan. 2010-yilda Namangan Olimpiya zaxiralari kollejini tamomlab, bir muddat Bolalar va oʻsmirlar sport maktabida qoʻl jangi boʻyicha murabbiy boʻlib ishladi. 2016-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Boks federatsiyasi terma jamoasi aʼzosi boʻldi. U 2017-yildan boshlab ichki ishlar organlarida xizmat qiladi. 

Nozima qoʻl jangi boʻyicha koʻplab musobaqalarda ishtirok etib, sovrinli oʻrinlarni qoʻlga kiritgan. 2017-2019-yillarda mamlakat chempioni, 2020-yilda jahon chempionatida oltin, 2021-yilda esa, kumush medalni qoʻlga kiritgan.

U 2021-yildan hozirga qadar Namangan viloyati IIB Tezkor vazifalarni bajaruvchi safarbarlik otryadi katta mutaxassisi lavozimida xizmat qilib kelmoqda, unvoni serjant. Shuningdek u IIV Akademiyasi sirtqi taʼlim yoʻnalishining 3-bosqichida tahsil olmoqda. 

Nozimaning sportda va faoliyatida erishayotgan yutuqlari Ichki ishlar vazirligi hamda viloyat ichki ishlar boshqarmasi tomonidan eʼtirof etilib, faxriy yorliq, esdalik sovgʻalari va pul mukofotlari bilan taqdirlangan.

Gulchehra BUVAMIRZAYEVA,

oʻz muxbirimiz.