Davlatimiz rahbarining besh muhim tashabbusi “Yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobilyatini namayon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratish, sogʻligʻini saqlash” dasturi ijrosini taʼminlash maqsadida viloyatning eng chekka hududi Qorovulbozor tumanida “Sogʻlom hayot sari – 5000 qadam” shiori ostida yoshlar oʻrtasida ommaviy yurish marafoni oʻtkazildi. Mazkur ommaviy yurish marafoni tuman IIB boshligʻining tashabbusi bilan tashkillashtildi.
Shuni alohida aytish joizki, sogʻlom turmushning asosi boʻlgan mana shunday tadbirlar aholi orasida sogʻlom turmush tarzini keng targʻib qilishga qaratilganligi bilan ham ahamiyatlidir.
M. AHADOV,
“Postda” muxbiri.
Buxoro viloyati.
