IIV Xalqaro aeroportlarda xavfsizlikni taʼminlash qoʻshinlariga qarashli Toshkent shahridagi 7251-sonli harbiy qism ayol harbiy xizmatchilarning kasbiy mahoratini oshirish va yanada takomillashtirish maqsadida Toshkent harbiy okrugiga qarashli Chirchiq dala oʻquv maydonida amaliy mashgʻulotlar oʻtkazildi. Mashgʻulotlar davomida ular «Makarov» toʻpponchasining vazifasi, tuzilishi, jangovar xususiyatlari va undan oʻq otish boʻyicha oʻz mahoratini sinovdan oʻtkazishdi. Har bir ayol harbiy xizmatchi oʻzining nazariy bilimini amaliyotda qoʻllagan holda mashgʻulotlarda ishtirok etib, amaliy oʻq otishni amalga oshirishdi. Komandirlar tomonidan ularning natijalari baholanib, qoʻshimcha koʻrsatmalar berildi.
Gulmira Xudayberdiyeva.
