Toʻraqoʻrgʻon tumani 3-sektor rahbari, tuman IIB boshligʻi, podpolkovnik Maqsadjon Hasanov tashabbusi bilan Xalq taʼlimi boʻlimiga qarashli umumtaʼlim maktablarida Navroʻz bayramiga bagʻishlab sport oʻyinlari haftaligi tadbirlari oʻtkazilmoqda.
Sportning qoʻl toʻpi hamda “Quvnoq startlar” oʻyinlari 4-umumtaʼlim maktabida boshlab berildi. Sinflardan saralangan epchil va chaqqon oʻquvchilar gʻoliblik uchun kurashdilar. Eng yuqori ball toʻplagan sinf jamoalari tashkilotchilarning faxriy yorligʻi bilan taqdirlandi. Endi ular hudud birinchiligida qatnashib, maktab shaʼnini himoya qilishadi.
Bu kabi musobaqalar sektordagi boshqa taʼlim maskanlarida ham koʻtarinki ruhda tashkil etildi. Haftalik doirasida oʻtkazilayotgan sport-sogʻlomlashtirish tadbirlari bahorgi taʼtil davrida oʻquvchilarning boʻsh vaqti mazmunli oʻtishini taʼminlamoqda.
Gulchehra BUVAMIRZAYEVA,
«Postda» muxbiri.
Namangan viloyati.
