IIV Malaka oshirish institutida «Kasbiy tayyorgarlik oyligi» doirasida xodim va tinglovchilarning intellektual bilimi, maʼnaviy-maʼrifiy, ijtimoiy-siyosiy va kasbiy koʻnikmalarini oshirish boʻyicha davra suhbatlari, seminarlar tashkil etilmoqda. Shuningdek, turli sport musobaqalari ham oʻtkazilmoqda.
Yaqinda taʼlim muassasasida sambo va mini futbol boʻyicha musobaqalar boʻlib oʻtdi. Sogʻlom turmush tarzini keng targʻib qilish, tinglovchilarning jismoniy va jangovar tayyorgarligini oshirishga qaratilgan mazkur musobaqalarda 150 nafarga yaqin tinglovchilar qatnashdi.
Sportning sambo turi boʻyicha boʻlgan bellashuvlar qizgʻin tus oldi. Musobaqa yakunida 5 ta vazn toifasi boʻyicha gʻoliblar aniqlandi. Mini futbol musobaqasining hal qiluvchi bahsida esa 2-otryad jamoasi 1-otryad jamoasini magʻlubiyatga uchratib, faxrli birinchi oʻrinni egalladi.
Musobaqa soʻngida gʻoliblar esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.
Sherali ANVAROV,
IIV Malaka oshirish instituti boshligʻining matbuot kotibi, podpolkovnik.
