Toshkent shahar IIBBda navtabdagi “Maʼnaviyat va maʼrifat” darsi oʻzgacha tarzda oʻtdi. Tadbirda Bosh boshqarma boshligʻi, general-mayor A. Toshpoʻlatov ishtirok etib, xalqaro musobaqalarda yurtimiz shaʼnini munosib himoya qilib, gʻoliblikni qoʻlga kiritgan IIBB Tezkor vazifalarni bajaruvchi safarbar batalʼonining bir guruh xodimlari taqdirlandi.
Xususan, sportning qoʻl jangi turi boʻyicha Rossiya Federatsiyasining Qozon shahrida oʻtkazilgan Osiyo chempionatida 3-oʻrinni egallagan kichik serjant Zamira Suyumova, 1-oʻrinni egallagan safdor Ulugʻbek Nizomiddinov hamda Iordaniyaning Amman shahrida sportning boks turi boʻyicha Osiyo chempionatida faxrli 1-oʻrinni egallagan safdor Abdumalik Xalokovlar pul mukofoti bilan taqdirlandi.
Sarvar SOBIROV,
“Postda” muxbiri.