Yaqinda sportning mini futbol turi boʻyicha “IIV Malaka oshirish instituti boshligʻi kubogi” uchun musobaqa tashkil etildi. Unda Toshkent davlat texnika universiteti talabalari, Olmaliq shahridagi bir qator taʼlim muassasalari yoshlari hamda mazkur institut tinglovchilaridan iborat jamoalar ishtirok etishdi. 

Qiziqarli bahslarga boy tarzda oʻtgan bellashuvlarning yakuniy natijalariga koʻra, tajriba va mahorat bobida raqiblaridan ustun kelgan IIV Malaka oshirish institutining “Vatanparvarlar” jamoasi faxrli 1-oʻrinni qoʻlga kiritdi. Toshkent davlat texnika universitetining “Texnika” jamoasi shohsupaning ikkinchi pogʻonasidan joy olgan boʻlsa, Olmaliq kon-metallurgiya kollejining “Metallurg” jamoasi esa, uchinchi oʻringa loyiq topildi. Shuningdek, “Eng yaxshi hujumchi” va “Eng yaxshi darvozabon” nominasiyalari boʻyicha ham munosiblar aniqlandi.

Gʻolib va sovrindorlar kubok, diplom, medalʼ va qimmatbaho esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.

Oʻz muxbirimiz.