Yaqinda Samarqand shahrida IIV tizimidagi jamoat xavfsizligi boʻlinmalari terma jamoalari oʻrtasida sportning triatlon turi boʻyicha musobaqa tashkil etildi.

Oʻtkazilgan bellashuvlar yakuniga koʻra, tajriba va mahorat bobida barcha ishtirokchilardan ustun ekanligini namoyish etgan Navoiy viloyati IIB vakillari faxrli 1-oʻrinni qoʻlga kiritdi.

Musobaqaning yakkalik bahslarida ham mazkur hudud osoyishtalik posboni, safdor Sirojiddin Obloqulov 5 kilometr masofaga yugurish boʻyicha shohsupaning yuqori pogʻonasini zabt etdi.

Gʻoliblar kubok, diplom va pul mukofotlari bilan tantanali ravishda taqdirlandi. 

Mixli SAFAROV,

oʻz muxbirimiz.