Yaqinda Maxsus xizmatlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar faxriylari oʻrtasida bilyard boʻyicha “Qalqon va qilich” anʼanaviy turnirining respublika bosqichi boʻlib oʻtdi.
Qizgʻin va murosasiz oʻtgan ushbu bellashuvlarda generallar oʻrtasida isteʼfodagi general-mayor Ahmad Usmonovga teng keladigan raqib topilmagan boʻlsa, ofitserlar bahslarida esa, isteʼfodagi polkovnik Alisher Isayev ikkinchi oʻrinni qoʻlga kiritgan boʻlsa, isteʼfodagi podpolkovniklar Ikrom Mamadaliyev va Ismatilla Rashitovlar uchinchi pogʻonani zabt etishdi.
Qiziqarli tarzda oʻtgan ushbu musobaqa yakunida barcha gʻolib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan munosib ravishda taqdirlandi.
