Musobaqaning keyingi bosqichiga poytaxtimizdagi «Jar» stadioni mezbonlik qildi. Nihoyatda qizgʻin kurashlar ostida oʻtgan hal qiluvchi ushbu bosqichda IIV Transport va turizm obyektlarida xavfsizlik­ni taʼminlash departamenti jamoasi zafar quchdi. Jamoa chorak finalda Qoraqalpogʻiston Respublikasi IIV jamoasini 2:1, yarim finalda Namangan viloyati IIB jamoasini 3:0 hisobida magʻlub etdi. Nihoyat, soʻnggi oʻyinda vazirlik huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti vakillari kichik hisobda taslim qilindi. IIV Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni taʼminlash departamenti futbolchilariga Ichki ishlar vaziri kubogi va musobaqaning oltin medallari tantanali ravishda topshirildi.

– Musobada gʻolib chi­qish oson boʻlmadi, – deydi jamoa sardori, katta serjant Fazliddin Madaliyev. – Chunki har bir jamoa turnirga puxta tayyorgarlik koʻrgani yaqqol sezildi. Muhimi, musobaqa bizda jamoaviy ruhni kuchaytirdi, yanada jipslashtirdi. 

Kuni kecha IIV Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni taʼminlash departamentida boʻlib oʻtgan taqdirlash marosimida Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari, general-ma­yor B.Mirzarahimov turnirda munosib ishtirok etib, kubok sohibiga aylangan jamoa aʼzolariga pul mukofotlari va esdalik sovgʻalarini topshirdi. Shuningdek, yengil atletika boʻyicha mamlakat kubogi musobaqasida sovrinli oʻrinni qoʻlga kiritgan safdor Jahongir Rahmatullayev, Ichki ishlar vazirligi va uning hududiy boʻlinmalari terma jamoalari oʻrtasida oʻtkazilgan universal jang boʻyicha respublika chempionatida gʻolib chiqqan safdor Azizbek Begimov ham munosib taqdirlandi.

Qosimjon SATTOROV,

podpolkovnik.