Joriy yilning 7–11-sentabr kunlari Polʼshaning Krakov shahrida sportning dzyudo turi boʻyicha boʻlib oʻtgan Jahon chempionatida terma jamoamiz vakillari – Toshkent shahar IIBB xodimlari, katta leytenant Faxriddin Sharipov va leytenant Bahrom Inoyatov shohsupaga koʻtarildi.
Murosasiz kurashda Bahrom Inoyatov barcha raqiblari ustidan ishonchli gʻalaba qozonib, chempionatning oltin medali sohibiga aylandi. Shuningdek, katta leytenant Faxriddin Sharipov chempionatning bronza medalini qoʻlga kiritdi.
Sarvar SOBIROV,
«Postda» muxbiri.
