Buxoro shahridagi “Garden plaza” mehmonxonasining konferensiyalar zalida sportning futbol turi boʻyicha Ichki ishlar organlari xodimlari oʻrtasida “Ichki ishlar vazir kubogi” turniriga qurʼa tashlash marosimi oʻtkazildi. Mazkur musobaqada Fargʻona viloyati IIB, Surxondaryo viloyati IIB, Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni taʼminlash departamenti xodimlari hamda Buxoro viloyati IIB terma jamoalari aʼzolari ishtirok etdi. Shundan soʻng, viloyat futbol akademiyasi maydonida turnirning guruh bosqichi 1-tur oʻyinlari boshlandi. Musobaqa startidan oldin viloyat IIB boshligʻi oʻrinbosari, podpolkovnik A.Inomov soʻzga chiqib, ishtirokchilarga muvaffaqiyat va yorqin gʻalabalar tiladi.

  Turnirning birinchi kunida Buxoro viloyati IIB terma jamoasi bilan Fargʻona viloyati IIB terma jamoasi bellashdi. Bellashuvda 2:0 hisobida Buxoro viloyati IIB terma jamoasi gʻolib boʻldi. Surxondaryo viloyati IIB terma jamoasi hamdaTransport va turizm obyektlarida xavfsizlikni taʼminlash departamenti terma jamoasi oʻrtasidagi bahs esa 2:2 hisobiga durang qayd etildi.

                 R.RAJABOV,

podpolkovnik.

Buxoro viloyati.