IIVning Antropometrik korsatkichlarini yaxshilashga tavsiya etilgan xodimlar (harbiy xizmatchilar) bilan jismoniy tayyorgarlik va davolash-sogʻlomlashtirishga doir qoshimcha chora-tadbirlar togrisidagi tegishli farmoyishi ijrosi yuzasidan hududlarda xodimlar bilan qator chora-tadbirlar olib borilmoqda. Jumladan, viloyat IIB MMI va KBTX masʼullari tomonidan xodimlarning boʻyi va vazni kabi antropometrik koʻrsatkichlari nazoratdan oʻtkazildi. Shuningdek, jismoniy va jangovar tayyorgarlik mashgʻulotlari boʻyicha sinovlar olindi.

Yuqori vaznga ega boʻlgan xodimlarning roʻyxatlari shakllantirilib, alohida dasturlar asosida masʼullar nazorati ostida jismoniy tayyorgarlik mashgulotlari otkazilishi belgilandi. Xodimlarga soglom turmush tarzi, semizlik va uning asoratlariga doir tushuntirishlar berildi.

Buxoro viloyati IIB Axborot xizmati.