Buxoro viloyati ichki ishlar organlari xodimlari oʻrtasida minifutbol boʻyicha “Boshqarma boshligʻi kubogi” musobaqasi oʻtkazildi. Musobaqada shahar-tuman ichki ishlar boʻlimlari, sohaviy xizmatlar jamoalari ishtirok eshitdi.
Dostona ruhda oʻtgan musobaqa finalida Gʻijduvon tumani IIB hamda IIB JXX YHXB jamoalari kuch sinashdi. Qizgʻin tarzda kechgan musobaqada YHXB jamoasi 2:0 hisobida zafar quchdi va gʻolib boʻldi.
Musobaqa yakunida gʻolib va sovrindorlar boshqarma boshligʻining diplomi va qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlandi.
U.SHUKURLAYEV,
kapitan.
Buxoro viloyati.
