Davlatimiz bayrogʻi qabul qilingan kun munosabati bilan, shuningdek “Jismoniy va jangovar tayyorgarlik oyligi” doirasida soha xodimlari, ularning oila aʼzolari hamda ichki ishlar organlari faxriylari ishtirokida Fargʻona viloyatida “Yangi nafas” yugurish marafoni boʻlib oʻtdi.

Tadbirda ichki ishlar organlarining yosh xodimlari bilan birga, soha faxriylari ham faol ishtirok etib, koʻpchilikka ibrat boʻldilar.

Marafon yakunidagi taqdirlash marsomida viloyat IIB boshligʻi, general-mayor Azizbek Ikramov ishtirok etib, sogʻligʻiga eʼtiborsiz boʻlmagan barcha xodimlar va faxriylarga minnatdorlik bildirdi. Gʻoliblar qimmatbaho esdalik sovgʻalar bilan mukofotlandi.

Abduvosit SIDIQOV,

oʻz muxbirimiz.

Fargʻona viloyati.