Joriy yilning 16-20 noyabr kunlari poytaxtimizning Yunusobod tumanidagi sport majmuasida “Taekwon-do ITF” boʻyicha Osiyo kubogi musobaqasi boʻlib oʻtdi.
Unda 60 kg. vazn toifasida ishtirok etgan IIV Malaka oshirish instituti tinglovchisi, safdor Yulduz Urdusheva barcha raqiblarini dogʻda qoldirib, gʻoliblikni qoʻlga kiritdi.
Shuningdek, musobaqaning koʻrgazmali chiqish bahslarida ham oltin medalga sazovor boʻlgan bu qiz oʻzining tengsiz sportchi ekanligini namoyish etdi.
Mixli SAFAROV,
oʻz muxbirimiz.
