“Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida Namangan shahrida tashkil etilgan shashka sport musobaqasining respublika bosqichi oʻtkazildi. Musobaqada 16-21, 22-26 va 27-30 yoshli erkaklar va ayollar ishtirok etishdi.

Viloyatimiz shaʼnini munosib himoya qilgan Romitan tumani IIB xodimasi, leytenant Yulduz Boboyeva 27-30 yoshli ayollar oʻrtasida bahs olib borib, faxrli birinchi oʻrinni egalladi va mutlaq gʻoliblikni qoʻlga kiritdi.

Hamkasbimiz medal, diplom va qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlandi. Biz ham leytenant Y.Boboyevani gʻalaba bilan samimiy qutlaymiz va kelgusi ishlariga omad tilaymiz!

M.GʻULOMOV,

leytenant.

Buxoro viloyati.