Joriy yilning 27-aprel – 3-may kunlari Birlashgan Arab Amirligida sportning Armwrestling turi boʻyicha ayollar va erkaklar oʻrtasida XXI Osiyo chempionati musobaqalari oʻtkazildi. Mazkur musobaqada dunyoning 18 ta davlatidan sportchilar ishtirok etishdi. Ular qatorida Oʻzbekiston chempioni, Buxoro shahar IIOFMB JXX HPB Voyaga yetmaganlar va yoshlar bilan ishlash guruhi voyaga yetmaganlar masalalari boʻyicha inspektor-psixologi, leytenant Intizor Iskandarova ham mamlakatimiz shaʼnini himoya qildi. U chempionatda faollikni qoʻldan bermadi va 3-oʻrinni egallab, shohsupaning gʻoliblar safida eʼtirof etildi.

        

        SH.JALOLOV,

podpolkovnik.

Buxoro viloyati.